"Bavariya" "Yuventus" bilan futbolchi almashtirmoqchi

  • 13.09.2020 22:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Bavariya" rahbariyati "Yuventus"dagi sobiq yarim himoyachisi Duglas Kostani yana ortga qaytarmoqchi. Bu haqda Sportmediaset nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, nemis grandi braziliyalik futbolchi evaziga Tyago Alkantarani berishga tayyor. Klublar hech qanday qo‘shimcha to‘lovlarsiz ushbu futbolchilarni almashtirishlari mumkin.

29 yoshli Alkantara o‘tgan mavsum “Bavariya” safida 40 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. 29 yoshli Kosta o‘tgan mavsum “Yuventus” safida 29 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!