
“Bavariya”da endi faqat “ochlar” o‘ynaydi
“Bavariya”ni qabul qilib olgan Vensan Kompani kelasi mavsum davomida asosiy tarkibga kirish uchun futbolchilarga o‘z talablarini uqtira boshladi.
Belgiyalik mutaxassis tarkibni shakllantirishda o‘z printsiplariga sodiq qolishini bildirdi.
- Hozir futbolchilarning imkoniyatlari haqida gapirishimga juda erta, lekin men ular bilan ish boshlashni sabrsizlik bilan kutyapman.
Men o‘yinchilarning futbolga qanchalar “chanqoq” va g‘alabalarga “och” ekanini bilib olishim kerak. Yakunlangan mavsumda “Bavariya” chempionlikni qo‘ldan chiqardi. Vaziyat bilan yaxshi tanishman.
Futbolchilar endi “Bavariya”da o‘ynash uchun etarli darajada “och” va “tashna” bo‘lishlari shart, - dedi Vensan Kompani.
“Byornli”ni Angliya Premer-ligasida saqlab qola olmagan belgiyalik mutaxassis “Bavariya” bilan uch yillik shartnoma imzoladi.
Fikrlar