“Bavariya”da futbolchilarga yoqadigan o‘zgarish bo‘ldi
“Bavariya”ning yangi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann jamoa futbolchilariga yoqadigan yangi qoidani qo‘llay boshladi.
Nagelsmann kutilmaganda futbolchilarga uy uchrashuvlaridan oldingi tunni o‘z oilalari davrasida o‘tkazishga ruxsat berdi. Bungacha “Bavariya” o‘yinchilari o‘z maydonidagi bahsdan bir kun oldin mehmonxonalarga yig‘ilayotgan edi.
Mutaxassislar murabbiyning bu qarorini jamoani o‘ziga moslashtirish va bog‘lab olishga urinish, deya baholamoqda.
“Leyptsig”ning sobiq bosh murabbiyi “Bavariya”ga o‘tishi bilan birinchi sovrinini qo‘lga kiritdi. Nagelsmann shogirdlari 17 avgust kuni Germaniya Superkubogi uchun bahsda “Borussiya”ni 3:1 hisobida engdi.

Fikrlar