"Bavariya"da Noyerga kim o‘rinbosar bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

  • 22 dekabr, 2019, 20:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning “Bavariya” klubi “Shalke” darvozaboni Aleksandr Nyubelni sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Bild nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra myunxenliklar 23 yoshli posbon bilan 5 yillik shartnoma imzolashadi. Ta’kidlash kerakki, Nyubel “Bavariya”ga mavsum yakunlangach, ya’ni, “Shalke” bilan shartnomasi tugagach erkin agent sifatida kelib qo‘shiladi.

Ma’lumotlarga qaraganda Nyubel kelajakda Manuelya Noyerga o‘rinbosar bo‘lishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Aleksandr Nyubel “Shalke”da 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida gelzenkirxenliklar safida 41 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 52 ta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!