
“Bavariya”dan qaqshatqich zarbaga uchragan Xavi raqib futbolchisini olmoqchi
“Barselona” Chempionlar ligasi guruh bosqichining so‘nggi uchrashuvilda “Bavariya”dan 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchrab, plef-off yo‘llanmasidan quruq qoldi.
Endi kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi o‘z jamoasiga myunxenliklar yarim himoyachisi Serj Gnabrini qo‘shib olmoqchi.
Iste’dodli hujumkor futbolchining Bundesliga grandi bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida yakunlanadi. Tomonlar hali hamkorlik bo‘yicha yangi bitimga kelishgani yo‘q.
Odatda, yangi shartnoma tuzayotgan o‘yinchilar maoshi oshirilishini talab qiladi. “Bavariya” maosh masalasida biror futbolchining talabini bajargani yo‘q.
Agar “Barselona” mavsum yakunlanganidan keyin Gnabrini transfer qilishni istasa, 70 million evro atrofida mablag‘ to‘lashiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar