“Bavariya”dan yomon xabar

  • 13.05.2026 17:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bundesliga chempionligini muddatidan avval rasmiylashtirgan “Bavariya” klubi yetakchi himoyachisi Alfonso Devis jarohat sabab bir muddat maydondan chetda qoladi.

Myunxen klubi futbolchining holati yuzasidan ma'lumot berib, u yaqin o'yinlarda jamoaga yordam bera olmasligini tasdiqladi.

Devis jamoaning eng muhim futbolchilaridan biri hisoblanadi. Uning tezligi va hujumga qo'shilish qobiliyati “Bavariya” o'yin sxemasida katta ahamiyatga ega.

Hozircha uning qancha vaqtga safdan chiqqanligi bo'yicha aniq muddat aytilmagan, ammo tibbiy shtab futbolchining tiklanish jarayonini diqqat bilan nazorat  qilayapti.

Bu holat mavsumning yakuniy qismida “Bavariya” uchun jiddiy yo'qotish sifatida baholanmoqda.
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!