"Bavariya"ga Modrich kerak
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich “Bavariya”ning qiziqishlariga sabab bo‘lmoqda.
Xabarlarga qaraganda nemis grandi 32 yoshli xorvatiyalik futbolchining transferi borasida “qirollik klubi”ga rasmy taklif tayyorlamoqda. Germaniyaning amaldagi chempioni Modrichning jamoa yarim himoyasini kuchaytira olishiga ishonmoqda.
Ma’lumot uchun, Luka Modrich yakunlangan mavsum “Real” safida jami 43ta bahsda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar