
"Bavariya"ga mundial kashfiyotlaridan biri bo‘lgan Gvardiol kerak emas
"Bavariya" klubi Xorvatiya terma jamoasi bilan jahon chempionatida 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan Yoshko Gvardiolni sotib olmoqchi emas. Bu haqda klub sport direktori Xasan Salihamijich gapirib o‘tdi.
"Bizga boshqa markaziy himoyachi kerak emas. Bu chiziqda ajoyib futbolchilarimiz bor. De Ligt, Ernandes va Upamekano top darajadagi himoyachilar. Shuningdek, Yosip Stanishich ham o‘z ishining ustasi", - dedi sobiq futbolchi.
Avvalroq, "Leyptsig" vakili Gvardiolning "Bavariya" bilan muzokaralar o‘tkazayotgani to‘g‘risida xabarlar chiqayotgandi.
Fikrlar