"Bavariya"ning rekordi uzildi

"Bavariya" Chempionlar ligasining 5-turini safarda "Atletiko"ga (1:1) qarshi o‘tkazdi.

Madrid klubi nemislarning ChLdagi 15 o‘yindan iborat bo‘lgan g‘alabali seriyasini to‘xtatishni uddaladi.

Myunxen klubining ushbu seriyasi rekordi edi.

Chempionlar ligasining o‘tgan mavsumida ketma-ket 11 ta g‘alabani qo‘lga kiritgan Xans Flik shogirdlari joriy mavsumning startidagi 4 ta uchrashuvda zafar quchgandi.

Ta’kidlash joizki, 2002/03 yilgi mavsumda saralash bahslarini qo‘shib hisoblaganda "Barselona" qatorasiga 11 ta bellashuvda g‘alaba qozongan, ammo UEFA rasmiy statistikasida saralash bosqichidagi o‘yinlar inobatga olinmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!