
"Bavariya"ning yana bir xavbeki jarohat oldi
"Bavariya" yarim himoyachisi Kingsli Koman Frantsiya terma jamoasi yig‘inida jarohat oldi, deya xabar bermoqda RMC.
Manbaga ko‘ra, 24 yoshli frantsiyalik terma jamoa mashg‘ulotlar paytida to‘pig‘idan jarohat oldi. Futbolchi Finlandiyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan bahsda maydonga tusha olmasligi mumkin.
Joriy mavsumda Koman "Bavariya" libosida 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar