
Baxtiyor Ashurmatov: Qo‘qondagi durangdan foydalanib qolishimiz mumkin edi
"Afsuski, birinchi bo‘limni juda bo‘sh o‘tkazdik. Lekin yigitlar ikkinchi bo‘limda futbol o‘ynay olishlarini namoyish etishdi. Uchinchi golni urish uchun Kamoliddin Murzoevda yaxshi imkoniyat bor edi. Biroq u bundan foydalana olmadi. Qo‘qondagi durang natija bizning foydamizga ishlashi mumkin edi. Afsus, biz imkoniyatni qo‘ldan chiqardik. Endi oldinda so‘nggi tur o‘yini bor. Pro liga jamoasi bilan o‘tish o‘yini o‘tkazishimiz ehtimolini ham rad etib bo‘lmaydi, - dedi Ashurmatov.
Fikrlar