Baxtiyor Hamidullaev: 10 kishi qolganimizni hisobga olsak, natijadan roziman

  • 18 oktabr, 2020, 18:08
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca-Sola 19-tur doirasida “Andijon” jamoasi o‘z maydonida “So‘g‘diyona” bilan kuch sinashdi. Uchrashuvdan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Hamidullaev jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

Tecno

- O‘yin rejamiz asosida boshlangandi. Afsuski, ikkinchi bo‘limda tashabbusni raqibga berib qo‘ydik. Shu sababli muammolar kelishni boshladi. Ayniqsa, himoyada ikkinchi qavatdagi kurashlarda yutqazdik. Natijada darvozamiz oldida xavfli vaziyatlar yuz berdi va ulardan biri gol bilan yakunlandi. Bugun yutsa bo‘ladigan o‘yin edi. Shuning uchun kerakli ochkolarni yo‘qotdik.

- Birinchi bo‘limda asosan Muhammadali Yuldashev orqali hujumlar tashkil qilingandi, ikkinchi bo‘limda esa uning faolligi kamayib qoldi...

- O‘yin oxirlariga borib charchab qoldi. O‘zi ham zaxiraga chiqishni so‘rab turmoqchi bo‘layotgandi. Natijada uni almashtirishga majbur bo‘ldik.

- Jamoa etakchisi Abdulloh Olimov asosiy tarkibga kiritilmadi va ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushdi. Bu nima bilan bog‘liq?

- Unda ozgina jarohat bor edi. Olimovni to‘liq o‘ynashga kuchi etmasdi. Shu boisdan ikkinchi bo‘limda maydonga tushirdik va qo‘lidan kelganicha yordam berishga harakat qildi.

- Jamoaning hujum chizig‘ida ham faollik etishmadi. Bu kabi muammolar ustida tayyorgarlik jarayonlarida yanada jiddiyroq ishlanadimi?

- Durang bo‘lgani uchun har xil savollar ko‘payadi. Agar bugun yutganimizda savollar ko‘paymasdi. Asosan ikkinchi qavatdagi kurashlarda yutqazdik.

- Rustam Qo‘chqorovni hujumga qo‘ydingiz, ammo o‘rinbosarlar bahsida uni orqaroqda ko‘rgandik. Bu tavakkalchilik emasmidi?

- U bola asli hujumchi. O‘rinbosarlar tarkibimizning himoya chizig‘ida muammolarimiz ko‘p edi. Qo‘chqorov aqlli futbolchi bo‘lgani bois undan himoyada foydalangandik. Mirahmatov keyingi o‘yinda qatnashmaydi. Shu sababli chap qanotga kimni qo‘yish borasida o‘ylab ko‘ramiz. Qo‘chqorov nomzodi ham bo‘lishi mumkin.

- Timur Usmonovning klubdan ketganiga munosabatingiz qanday?

- Timurga imkoniyat berdik. Unga o‘z ukamdek qaradim, barcha narsalarni tushuntirdim. Keyin esa qandaydir o‘zidan ketib qoldi, desak ham bo‘ladi. Mana, kecha o‘rinbosarlar tarkibida Nodir Mavlonov ikki taym o‘ynadi, ikkita gol urdi, lom-mim demadi. U Usmonovdan katta. Timurga o‘rinbosarlarda o‘ynashini aytganimda, yo‘q, men o‘ynamayman dedi. Shunda yo u erda o‘ynashni, yo ketishini tanlashi haqida aytganimda, jamoamizdan ketdi. Biz ham qarshilik qilmadik.

- Bugungi natijadan rozimisiz?

- 10 kishi qolganimizni hisobga olsak, ha, natijadan roziman. Agar to‘liq tarkibda bo‘lganimizda bugungi natija qoniqarsiz bo‘lardi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!