
Baxtiyorning Italiyaga transferi barbod bo‘ldi!
Eldor Shomurodov bilan birga “Rostov” sharafini himoya qilgan Baxtiyor Zaynutdinov legionerimiz ortidan Italiyaga yo‘l olishi mumkin edi.
Sports.kz portali A Seriya klulari bilan hamkorlik qilayotgan taniqli futbolchi agenti Aleks Velikix bilan ayni paytda Moskvaning TsSKA klubida to‘p tepayotgan Qozog‘iston milliy terma jamoasi etakchisining Italiyaga transferi borasidagi fikrlarini e’lon qildi.
Baxtiyor Italiyada o‘ynay oladi
- Baxtiyor Zaynutdiov o‘yin xarakteristikasi bo‘yicha A Seriyada o‘ynashga qodir. Bu chempionat o‘zining intensivligi, kurashlarga boshligi va taktik jihatlari bilan bu futbolchining xarakteristikasiga mos tushadi. Baxtiyorning o‘yin sifatlariga Italiya A Seriyasida talab bor. Lekin tan olish kerakki, bu transferni amalga oshirish oson bo‘lmaydi, - dedi Aleks Velikix.
Baxtiyor to‘rt klub nishonida
Zaynutdinovning transferi bo‘yicha “Torino” va “Bolonya” faol ish olib bormoqda. “Fiorentina” tomonidan ma’lum darajada qiziqish bo‘lyapti. “Verona” joriy mavsum A Seriyadagi joyini saqlab qolsa, qozog‘istonlik futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi, - dedi Aleks Velikix.
Taklif rad etildi
Agentlar futbolchini “Salernitana”ga taklif qilishgan edi. Tushunimcha, futbolchining vakillari tomonidan bu taklifga qiziqish bo‘lmadi, - dedi Aleks Velikix.
Ta’kidlash joizki, Baxtiyor Qozog‘istonning “Taraz” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Qo‘shni mamlakat chempionatida “Astana” jamoasida ham muvaffaqiyatli to‘p tepgan. Shundan keyin, 2019 yilning yanvarida Rossiya Premer-ligasi vakili “Rostov” jamoasiga transfer qilindi. Aynan o‘sha payt Eldor Shomurodov bilan birga o‘ynadi.
Keyingi mavsumda hujumchimiz Italiyaning “Jenoa”siga yo‘l oldi. Undan oldinroq Baxtiyor Zaynutdinov Moskvaning TsSKA klubi bilan besh yillik shartnoma imzoladi.
Zaynutdinovlar oilasi etnik o‘zbeklardan. Bu haqda uning otasi Botir Zaynutdinov jurnalistlarga ma’lum qilgan edi.
- Biz etnik o‘zbeklarmiz. Lekin Qozog‘istonning Taraz shahrida tug‘ilganmiz. Bobomning otasi bu erlarga Namangandan ko‘chib kelgan. Hayotimiz futbolga bog‘langan. Men o‘zim salomatligim tufayli to‘p tepmaganman. Shunday bo‘lsa-da, ashaddiy muxlislardanman. O‘g‘illarimning hammasi futbolchi. To‘ng‘ich farzandim Bobir 25 yosh va darvozabon bo‘lgan. Jarohat tufayli futbolchilik faoliyatini erta tugatdi. Shifokorlar shuni talab qilishdi. Hozir “Taraz” akademiyasida murabbiy. Kenja o‘g‘lim Bahrom “Taraz” o‘rinbosarlari safida o‘ynaydi. O‘rtanchasi Baxtiyorni yaxshi taniysizlar, - degan edi Botirjon Zaynutdinov.
Baxtiyorning TsSKA bilan shartnomasi 2025 yilning yarmigacha davom etadi. Transfermarkt portali ekspertlari 25 yoshli yarim himoyachini 5 millionov evroga baholagan.
Zaynutdinov xalqaro maydonda Qozog‘iston milliy terma jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. U terma jamoa safida 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 11 marotaba ishg‘ol qilgan.
Shomurodovning qadriga etmagan Mourino hujumchisiz qoldi
Shomurodov hammasini o‘zgartirib yuborishi kerak edi...
Salciomercato.com: Shomurodov yana qahramon bo‘lishi mumkin edi...
Fikrlar