"Bayer" bosh murabbiyi bilan shartnomani uzaytirdi
Leverkuzenning "Bayer" klubi bosh murabbiyi Peter Boss bilan shartnomani uzaytirdi.
Yangi kelishuvga ko‘ra, mutahassis bundesliga klubida 2022-yilgacha qoladigan bo‘ldi. Gollandiyalik mutahassis bilan birgalikda uning yordamchisi Xendri Kryuzen va klub terapevti Terri Piters ham amaldagi shartnomasini uzaytirishdi.
56-yoshli Boss "Bayerni" 2019-yilning yanvaridan buyon boshqarib kelmoqda. O‘tgan mavsumda uning shogirdalari milliy chempionatda to‘rtinchi o‘rinni band etdi.
Joriy mavsumda esa "Bayer" Bundesligada 28 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar