"Bayer" forvardi uzoq muddatga safdan chiqdi

  • 2 iyul, 2020, 17:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Leverkuzenning "Bayer" klubi forvardi Paulino uzoq muddatga safdan chiqdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

O‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlardan so‘ng ma’lum bo‘ldiki, 19 yoshli futbolchining o‘ng tizzasidagi jarohati o‘ta jiddiy. Aytish kerakki, Paulino mashg‘ulotlar paytida jarohat olgan. U ertaga Avstriyada operatsiya qilinadi. Shifokorlar esa uning qachon safga qaytishi mumkinligi borasida aniq ma’lumot bera olishmayapti.

Paulino joriy mavsum “Bayer” safida 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!