Bektemir Meliqo‘ziev kamar uchun ringga ko‘tariladi, uning raqibi ma’lum bo‘ldi
Professional boksning super o‘rta vazn toifasida (76,2 kg) faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘ziev (10-1, 8KO) 28 yanvar kuni jang o‘tkazishi haqida ma’lumot bergan edik.
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Kaliforniya shtatida joylashgan "You Tube Theatre" arenasida, Golden Boy kompaniyasi tomonidan o‘tkaziladigan mazkur oqshomda Meliqo‘zievga amerikalik Ulises Sierra (17-2-2, 10KO) raqiblik qiladigan bo‘ldi. Jang super o‘rta vaznda vakant bo‘lib turgan WBA Continental Americas mintaqaviy kamari uchun bo‘lib o‘tadi. Bundan ma’lumki, ushbu to‘qnashuv orqali Meliqo‘zievni WBA reytingida kuchlilar safiga qaytarish reja qilingan.
Kechaning markaziy bahsida Aleksis Roxa o‘ziga tegishli bo‘lgan NABO kamarini Entoni Yangdan himoya qiladi.

Fikrlar