Bekxem Messining "Inter Mayami"ga ko‘chib o‘tish tafsilotlarini gapirib berdi

  • 23 sentabr, 2024, 11:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Inter Mayami” klubi xo‘jayini Devid Bekxem futbol yulduzi Lionel Messining klubga o‘tishi sabablarini ma’lum qildi va transfer tafsilotlarni ochiqladi.

Tecno

“Leo oilasi ajoyib hayot kechirishi uchun ko‘chib o‘tishi mumkin bo‘lgan joy topishni xohlardi. Bu uning uchun juda muhim edi. Rostini aytganda, uning Mayamida paydo bo‘lishi bu orzu edi.

Aytish mumkinki, biz futboldagi eng buyuk futbolchi bilan shartnoma imzoladik. Diego Maradona, Pele yoki boshqa buyuk futbolchi bo‘ladimi, futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi kim ekanligi haqida har kimning o‘z fikri bor. Lekin MLSda, bizda, Mayamida eng zo‘r futbolchi bor”, - deya Bekxemning so‘zlarini keltirmoqda Goal.

Messi "Inter Mayami" safiga 2023 yil erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi. O‘tgan vaqt ichida argentinalik futbolchi ushbu jamoa safida 32 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!