Bekxem Trentning Angliya terma jamoasiga chaqirilmagani haqida fikr bildirdi

  • 29.03.2026 00:18
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Sobiq "Real Madrid" va MYu yarim himoyachisi Devid Bekxem  Trent Aleksander-Arnoldning Angliya terma jamoasi mart oyidagi o‘yinlariga chaqirilmaganligi izoh berdi. 

"Shuning uchun ham men Angliya terma jamoasi murabbiyi emasman — bunday qarorlarni qabul qilishim shart emas! Lekin men Trentning katta muxlisiman, u menga o‘yinchi sifatida juda yoqadi.

Men shuncha yillar davomida ko‘p eshitdim: u "Liverpool"da o‘ynagani-da ham, hozir "Real"da va Angliya terma jamoasida ham, go‘yo "u hujumda kuchli, ammo himoyada unchalik yaxshi emas". Lekin ba'zan buni qabul qilish kerak…

Roberto Karlos ajoyib himoyachi edi, biroq u hujumda ham juda kuchli edi. U doimo oldinga chiqardi va biz uni himoyada qoplab turishimizga to‘g‘ri kelardi — bu oddiy holat.

Amo Trent haqida gapiradigan bo‘lsak, men uni JCh-2026ga olarmidim? Men uchun bunday futbolchini olmaslik juda qiyin bo‘lardi. Lekin Tomas aytishicha, hozirda undan ustunroq o‘ynayotgan boshqa futbolchilar bor. Ammo u "hozir" dedi, demak, hammasi o‘zgarishi mumkin", — dedi Bekxem.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!