
Belal Muhammad Maxachevga noodatiy taklif bilan chiqdi
Yarim o‘rta vazn toifasida UFC jangchisi Belal Muhammad promoushen chempioni Islom Maxachevga o‘rta vazn toifasiga o‘tishni taklif qildi.
"Bir necha oy oldin men unga aytdim: "Siz haqiqatan ham o‘rta vazn toifasiga borib, u erda kamar yutib olishingiz mumkin. Odamlar sizning qanchalik kuchli ekaningizni anglamaydi, sizda chempion bo‘lish uchun etarlicha qobiliyat bor." To‘g‘ri, Islom o‘rta vazn toifasiga ko‘tarilishi shart emas, lekin u Dyu Plessi va Adesanya kabi yigitlarni mag‘lub etish uchun mahoratga ega", – dedi Muhammad The Schmo ga.
Fikrlar