
Belarus chempionati. Legionerlarimiz maydonda, Ubaydullaevdan gol!
Bugun Belarus chempionatida o‘zbekistonlik futbolchilar ishtirokida o‘ziga xos derbi bo‘lib o‘tdi. Shahzod Ubaydullaev, Bobir Abduholiqov va Doniyor Abdumannopov to‘p surayotgan “Energetik-BGU” o‘z maydonida yana bir hamyurtimiz Shahboz Umarovning BATE klubini qabul qildi.
O‘yinning 12-daqiqasida Shahzod Ubaydullaev hisobni ochdi va “Energetik-BGU”ni oldinga olib chiqdi. Ammo 17-daqiqada Umarovning jamoadoshi – Nemanya Milich hisobni tenglashtirdi – 1:1. Uchrashuv oxirigacha ushbu natija o‘zgarmadi.
“Energetik” safida Ubaydullaev bilan Abdumannopov o‘yinni boshlang‘ich tarkibda boshladilar. Tanaffusdan keyin Abduholiqov Abdumannopovning o‘rniga maydonga tushdi. 66-daqiqada Ubaydullaev ham o‘rnini jamoadoshiga bo‘shatib berdi. Umarov esa BATE tarkibida to‘liq o‘ynadi.
Fikrlar