Evropa maydonlari. Hujum markazida – Yaxshiboev

  • 6 iyun, 2020, 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Legionerlar eng noyob talantlar. “Pressbol” nashri Evropada milliy chempionat o‘yinlarini to‘xtatmagan yagona mamlakat - Belarusga kelib, bu mamlakat futbolini yorqin tomonlarini ko‘rsata olgan legioner futbolchilar ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi.

Tecno

GOLKIPER

Rodion Syamuk (Ukraina)

"Torpedo"- BelAZ

2 ta o‘yinda 4 da gol o‘tkazgan

Bu darvozabonning maydonga tushishi katta yutuq. 31 yoshli posbon bu imkoniyatga ega bo‘lishi uchun ichki raqobatda Vladimir Bushma Aleksey Kozlov kabi mahalliy iste’dodlarni engishi kerak.

27850_dc503883b6ec2a082c1ee166daae09c0

HIMOYaChILAR

Aleksandar Filipovich (Serbiya)

“BATE”

8 o‘yinda 1 golli pas va 2 ta ogohlantirish

Bolqonlik yigit o‘ng qanot himoyasini muqim egalladi. U himoyalanishdan tashqari o‘tkir hujum uyushtirishga ham qodir. Markaziy himoyachisi vazifasini ham yuqori saviyada bajara oladi.

20191027225155

Dmitriy Yashin (Rossiya)

"Torpedo"- BelAZ

11 ta o‘yinda 3 ta ogohlantirish

Belarusdagi faoliyati davomida to‘rtta jamoani almashtirdi. U endi o‘z jamoasini topdi. Yashinning ishonchli o‘yini tufayli "Torpedo"- BelAZ kam gol o‘tkazyapti.

15143fa1-7b56-44b9-ab8b-4e44af66eac9_jpg_730x1000_q85

Nikola Antich (Serbiya)

"Shaxtyor"

 7 o‘yinda 5 ta golli pas va 1 ta ogohlantirish

Chempionat avvalida Antichda jarohat bor edi. Lekin uning o‘riniga maydonga tushgan futbolchilar ishonchni oqlay olmadi. Nihoyat, serb himoyachisi maydonga qaytganidan keyin jamoasi gol o‘tkazmayapti. Antichning o‘zi esa jamoadoshlarini qulay pozitsiyaga chiqarmoqda.

28266_cdb0427e7e26195947c89302e36c89d0

YaRIM HIMOYaChILAR

Yulius Szoke (Slovakiya)

"Shaxtyor"

8 ta o‘yinda 3 ta ogohlantirish

Slovakiyalik tayanch yarim himoyachining eng kuchli tomoni himoyadan hujumga o‘tishda ko‘rinmoqda. Raqib o‘yinini buzishda ham faol. Yakkakurashlarda raqibidan ustun kelmoqda.

25711_e8b817721577acc0588e7161bc9cd306

Nemanya Milich (Serbiya)

“BATE”

9 ta o‘yinda 5 ta gol, 2 ta ogohlantirish.

Miliya chemponat boshida tajribali Pavel Nexaychikka raqobatni boy berdi. Zaxiradan mayonga tushib yurgan futbolchiberilgan imkoniyatdan unumli foydalanib, gol ura boshladi. So‘nggi turlarda uzluksiz gol urmoqda.

05.07.2019_dinamo_minsk_bate_56

Gabriel Ramos (Braziliya)

"Torpedo"- BelAZ

10 ta uchrashuvda 3 gol, 4 golli pas va 3 ta ogohlantirish

24 yoshli futbolchi maydonda etakchilikni o‘z qo‘liga olishga cho‘chimaydi. Hujum tashkil qilishda mohir.

7_2

Gegam Kadimyan (Armaniston)

"Neman"

10 ta uchrashuvda 7 ta gol, 1 ta golli pas va 2 ta ogohlantirish

Kadimyan to‘purarlar bahsida Jasur Yaxshiboevning asosiy raqobatchisi. 28 yoshli futbolchiga Rossiya va Ukraina jamoalari og‘iz solmoqda.

8_1

HUJUMChILAR

Momo Yansane (Gvineya)

"Isloch"

11 ta uchrashuvda 4 gol, 2 ta golli pas, 3 ta ogohlantirish va 1 ta chetlatish

Afrikalik futbolchi agenti va jamoa rahbariyati bilan yuzaga kelgan mojaroga qaramay, maydonda o‘zini ko‘rsatishda davom etmoqda. Chiroyli gol urish ustasi, degan nomga sazovor bo‘ldi.

9

Ion Nikolaesku (Moldova)

"Vitebsk"

8 ta uchrashuvda 5 ta gol, 1 ta ogohlantirish

Bu jamoaning  eng zo‘r hujumchisi kuzda 22 yoshni qarshilaydi. Yosh bo‘lishiga qaramay, Moldova terma jamoasida 7 ta o‘yin o‘tkazgan.

10

Jasurbek Yaxshiboev (O‘zbekiston)

"Energetik"-BGU

10 ta o‘yin, 7 ta gol, 1 ta golli pas, 4 ta ogohlantirish

08530d034e286ccbd731ea8069bdf30c

Yosh o‘zbek hujumchisi mavsumni yuqori saviyada boshladi. Deyarli har bir uchrashuvda o‘zini ko‘rsatib kelayotan futbolchidan klubidagi minnatdor. Bosh murabbiy Vladimir Bleyavskiyning ta’biri bilan aytganda, unga e’tiroz yo‘q, yaxshi o‘ynayapti va gollar uryapti.

20200603132417

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
ОЗИМИЗ
04/06/2020 23:31
Шу болага шунча шароит яратиб берса хам (ойинда) атига учта гол урибди 28 та сидан 3 таси гол билан якуланибди агар бошка озимиздаги хужимчига шунака шаройит яратса ашинча гол урган боларкан !