Belbog‘li kurashchilarimiz "BRIKS" o‘yinlariga yo‘l olishmoqda

CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ayni paytda Rossiyaning Qozon shahrida "BRIKS" VI xalqaro sport o‘yinlari davom etmoqda. Mazkur xalqaro o‘yinlar dasturidan belbog‘li kurash (Tatar koreshi, borba na poyasax) sport turi ham o‘rin olgan va bugun Osiyo belbog‘li kurash konfedratsiyasi raisi Mo‘min Murotov, O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov boshchiligidagi dastlabki 14 nafar murabbiy va polvonlarimiz Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportdan "Briks" o‘yinlari dasturidan joy olgan tatar koreshi bo‘yicha musobaqalarda ishtirok etish uchun Qozon shahriga jo‘nab ketishdi. 

Tecno

Ta’kidlash joiz, koresh bellashuvlariga 20 iyunda start beriladi. Bundan tashqari belbog‘li kurash bo‘yicha terma jamoa bosh murabbiy Shavkat Mirzaqulov hamda federatsiya sport direktori Sardor Dastirov rahbarligidagi 20 nafar sportchilarmiz ham 20 iyun kuni Qozon shahriga yo‘l olishadi va 22 iyun kuni "briks" o‘yinlari dasturidagi  belbog‘li kurash (borba na poyasax) bo‘yicha bahslarda vatanimiz sharafini himoya qilishadi. 


Shuningdek, Qozon shahrida 23-24 iyun kunlari belbog‘li kurash bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida jahon chempionati ham bo‘lib o‘tadi. Ushbu jahon chempionatida ishtirok etish uchun esa 10 nafar yoshlardan iborat terma jamoamiz (murabbiyi Jamoliddin Bozorov) 19 iyun kuni Farg‘ona aeroportidan Qozon shahriga uchishadi. 
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!