
Belerin o‘zini aybsiz aybdor deb hisoblamoqda
“Arsenal” jamoasi himoyachisi Ektor Belerin “Chelsi”ga qarshi (2:2) uchrashuvdan keyin o‘z fikrini bildirar ekan, o‘z jarima maydonchasida Azarga nisbatan qo‘pol o‘ynamaganini aytdi.
“O‘yinning har bir daqiqasida kurash qizg‘in kechdi. Uchrashuvga astoydil tayyorgarlik ko‘rgandik, ammo biz kutgan stsenariy amalga oshmadi va hisobni tenglashtirish uchun harakat qildik. Yakunda buni uddaladik.
Azar bilan vaziyatda penalti bormidi? U jarima maydonchasida juda tez harakat qiladi. Men to‘pni havoda ekanini ko‘rib, uni birinchi qaytarmoqchi bo‘ldim. Biroq to‘pga ikkilamiz bir vaqtda tegindik va hakam buni penalti deb hisobladi.
Gol urib, hisobni tenglashtirganimdan xursandman. Oxirgi marta gol urganimga uzoq vaqt bo‘lgandi. Lekin mening golimdan tashqari butun jamoaning o‘yini muhimroq”, – dedi ispaniyalik himoyachi.
Fikrlar