
Belgiya futboli afsonalaridan biri - Vensan Kompani faoliyatini yakunladi
Belgiyalik mashhur himoyachi Vensan Kompani butsalarini mixga ilishga qaror qildi.
34 yoshli futbolchining so‘zlariga ko‘ra, u bor e’tiborini "Anderlext"dagi murabbiylik faoliyatiga qaratmoqchi.
Kompani faoliyati davomida "Gamburg", "Manchester Siti" va "Anderlext" klublarida to‘p surgan. Belgiya terma jamoasi safida esa 89 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 4 ta gol urgan.
U o‘tgan mavsumni "Anderlext"da o‘ynovchi murabbiy sifatida boshlagan edi.
Fikrlar