Belgiya so‘nggi daqiqalarda kambek qilib, Senegalni musobaqadan chiqarib yubordi

  • 02.07.2026 03:54
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Jahon chempionati 1/16 finalida Belgiya terma jamoasi Senegalni dramatik tarzda 3:2 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
⠀
Bellashuvda Senegal 86-daqiqagacha 2:0 hisobida oldinda borayotgandi. Afrikaliklar safida Habib Diarra va Ismaila Sarr o‘z nomini tabloga yozdirdi.
⠀
Biroq o‘yinning hal qiluvchi pallalarida belgililar ajoyib kambek amalga oshirdi. Avvaliga Romelu Lukaku hisobni qisqartirdi, ortidan Yuri Tilemans muvozanatni tikladi.
⠀
Qo‘shimcha vaqtning so‘nggi daqiqalarida Belgiya penalti ishlashga erishdi. To‘p oldiga kelgan Yuri Tilemans aniq zarba bilan jamoasiga g‘alaba keltirdi va dubl muallifiga aylandi.
⠀
Shu tariqa, Belgiya 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, Jahon chempionatining 1/8 finaliga chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!