Belgiya terma jamoasi a’zosi "Bavariya" e’tiboriga tushdi

  • 9 iyul, 2021, 17:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning "Renn" klubi va Belgiya terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Jeremi Doku "Bavariya"ning diqqat markazida bo‘lib turibdi.

Tecno

Transfermarkt tarqatgan xabarga qaraganda, myunxenliklar 19 yoshli futbolchini joriy yozgi transferlar davridayoq tarkibga qo‘shib olmoqchi. Uning transferi esa 22 million evroga baholanmoqda.

Doku o‘tgan mavsum "Renn" safida 44 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 4 ta gol hamda 8 ta assistga mualliflik qildi.

Jeremi Doku “Evro-2020”da Belgiya terma jamoasi safida 2 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!