
Belgiya terma jamoasi murabbiylik postiga jahon chempionatini yutgan murabbiy kelishi mumkin
Belgiya futbol federatsiyasi milliy terma jamoa bosh murabbiyligiga nomzodlar ro‘yxatini ma’lum qildi. Asosiy da’vogarlar 2014 yilda Germaniya bilan jahon chempionati kubogini qo‘lga kiritgan Yoaxim Lyov, PSJning sobiq murabbiyi Maurisio Pochettino va "Marsel"da ishlagan Andre Villash-Boashlar hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, "qizil iblislar"ning avvalgi ustozi Roberto Martines Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatidagi qoniqarsiz natijasi tufayli ishdan bo‘shatildi. Belgiyaliklar guruh bosqichining o‘zidayoq musobaqa bilan xayrlashgandi.
Fikrlar