Belgiya terma jamoasining 3 nafar futbolchisi Millatlar ligasining ilk uchrashuvini o‘tkazib yuboradi
Belgiya terma jamoasining birdaniga 3 nafar futbolchisi UEFA Millatlar kubogining ilk turidan o‘rin olgan Shotlandiyaga qarshi o‘yinda ishtirok etolmaydi.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra jarohati sabab terma jamoa qarorgohini Simon Minole, Maruan Fellayni va Kristian Bentekelar tark etishgan.
Eslatib o‘tamiz, Shotlandiya – Belgiya uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi.
Fikrlar