
Belgiyalik yulduz Mourino qo‘l ostida o‘ynash uchun maoshi kamayishiga ham rozi
“Napoli” klubi hamda Belgiya terma jamoasi hujumchisi Dris Mertens yangi mavsumni A Seriyaning boshqa bir klubida boshlashi mumkin.
La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 35 yoshli futbolchiga “Roma” jiddiy qiziqib qolgan. “Napoli” esa Mertens talab qilayotgan 4 million evrolik yangi shartnoma imzolashdan bosh tortmoqda.
Belgiyalik futbolchi Joze Mourino jamoasida o‘ynash uchun o‘z talabini 3,5 million evrogacha kamaytirishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Dris Mertens yakunlangan mavsum “Napoli” safida jami 37 ta o‘yinda maydonga tushib, raqib darvozasiga 13 ta gol urdi.
Fikrlar