Bellingem, sendan “Real” voz kechdi!

  • 02.04.2023 20:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya terma jamoasi va “Borussiya” yarim himoyachisi Jud Bellingem bir necha grand klublar, xususan, “Real” nishonida turgan edi. Biroq, madridliklar qimmatbaho bu transferni amalga oshirish fikridan qaytdi.

AS nashrining yozishicha, “Qirollik klubi” 19 yoshli futbolchining transferi 120 million evrodan oshib ketishini inobatga olib, mablag‘ni boshqa zaruratga yo‘naltirishga qaror qilgan.

Klub xo‘jayinlari birinchi navbatda, yoshi o‘tib qolgan va o‘yin sifatida pasayish davom etayotgan Karim Benzema o‘rnini bosa oladigan yangi to‘purar olishni rejalashtirmoqda.

Tabiiyki, Bellingemga boshqa klublardan taklif etarli. Xususan, “Manchester Siti” va “Liverpul” angliyalik yarim himoyachini yozda o‘z vataniga qaytarishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!