
Bellingem: "Arsenal" bizga yanada ko‘proq gol urishi mumkin edi"
Xabaringiz bor, tunda Mikel Arteta boshchiligidagi "Arsenal" Londonda Madridning "Real" klubini qabul qilib, yirik 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Ushbu bellashuvdan so‘ng "qaymoqranglilar" yarim himoyachisi Jud Bellingem bo‘lib o‘tgan uchrashuv haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Fakt shundaki, biz ijobiy natijaga umuman yaqin emasdik. "Arsenal" juda yaxshi o‘ynadi.
Albatta, ikkita gol jarima zarbasidan kiritildi va bu – yuqori darajadagi shaxsiy mahorat natijasi. Lekin rostini aytsam, ular yana gol urishi mumkin edi. Biz faqat uchta gol o‘tkazib yuborganimizga ham shukr qilishimiz mumkin" – deya ta’rif berib o‘tdi angliyalik xavbek.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu ikki klub o‘rtasidagi javob bellashuvi 16 apreldan 17 aprelga o‘tar kechasi soat 00:00 da bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Fikrlar