Bellingem: "Biz mavsumni yaxshi yakunlash uchun so‘nggi turda g‘alaba qozonmoqchimiz"

  • 19 may, 16:01
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" etakchisi Jud Bellingem "Sevilya"ga qarshi 2:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng jamoaning bu mavsumdagi asosiy maqsadi haqida gapirdi: 
 
"Biz mavsumni yaxshi yakunlamoqchimiz. Shu sababli, g‘alabaga intilmoqdamiz, lekin bu biroz achinarli. Chunki biz unvonlar uchun kurashishni istaymiz". 

Angliyalik futbolchi "qirollik klubi"ning kelayotgan Klublar o‘rtasida Jahon chempionatidagi ishtiroki haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi: 

"Bu turnir har doimdagidek juda muhim hisoblanadi. Chunki bu yana bir unvon va biz uni qo‘lga kiritishni xohlaymiz. Bundan tashqari, bu jamoa va klubning orzusi. 

Shu bilan birga, biroz muvaffaqiyatsiz o‘tgan mavsumdan so‘ng biz kubok yutishni istaymiz"
- dedi madridliklar futbolchisi. 

Ma’lumot o‘rnida, "qaymoqranglilar" AQShda bo‘lib o‘tadigan musobaqaning guruh bosqichida "Al-Hilol", "Pachuka" va "Zaltsburg" bilan kuch sinashadi. Mazkur turnir 15 iyundan 13 iyulgacha bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!