
Bellingem: Futbol yoqmasdi, o‘t yulib, gul terib yurardim
Yozda “Real”ga o‘tishi bilan jamoa etakchisiga aylangan Jud Bellingem bolaligida futbolni yoqtirmaganini aytib o‘tdi.
- Boshida futbol yoqmagan. Hozir futbolsiz aqldan ozishim mumkinligini yaxshi bilaman.
Bolaligimda mashg‘ulotlarga borib, o‘tlarni yulib, maydon chetidagi gullarni terib yurardi, ulardan onamga kichkina guldastalar yasardim, - dedi Jud Bellingam.
20 yoshli futbolchi “Birmengam” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Jud 2020 yili Dortmundning “Borussiya”siga ko‘chib o‘tdi. Bundesligadagi o‘yinlari orqali o‘z salohiyatini namoyish qildi.
“Qirollik klubi” Bellingemni qo‘lga kiritish uchun dortmundliklarga 103 million evro to‘ladi. Angliyalik futbolchi joriy mavsumda Ispaniya chempionatida o‘nta uchrashuvda 10 ta gol va ikkita assist muallifi bo‘ldi.
Shuningdek, Jud Evropa Chempionlar ligasida uch marta maydonga tushib, o‘z hisobiga uchta gol va bitta golli pas yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar