
Bellingem gol urmayotgani muammmo olib keldimi? Anchelotti javob berdi
“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti klub yarim himoyachisi Jud Bellingemning o‘yini haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
-Biz uning o‘yindan mamnunmiz. Jud maydon markazida jang qilyapti, o‘zini ayamayapti, men bundan hursandman. U bu mavsumda hali gol urmagani syurpriz emas. O‘tgan mavsumda ko‘p gol urgani haqiqiy syurpriz.
Bellingemning gollari etishmayotgani bizning muammolarimiz sababi emas, hujumimizda etarli kuchli futbolchilar bor. Jamoa uchun eng muhimi Jud markazda amalga oshirayotgan ishlari,-dedi italiyalik mutaxassis.
“Qirollik klubi” 22-oktyabr kuni Chempionlar ligasi doirasida “Borussiya”ga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar