Bellingem ikki superklubga rad javobini berdi

  • 10.02.2023 11:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Borussiya” yarim himoyachisi Jud Bellingem yozda jamoasini almashtirishi kutilmoqda. 19 yoshli yarim himoyachini bir necha  grand klublar o‘z safida ko‘rmoqchi.

Sport 1 nashri jurnalisti Patrik Bergerning ta’kidlashicha, Jud Bellingem  PSJ va “Chelsi”dan bo‘layotgan chorlovlarga munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, angliyalik o‘yinchiga bu variantlar ma’qul kelmagan.

Yozda futbolchiga asosan ikki klub da’vogarlik qilishi aytilmoqda. Bellingem “Liverpul” va “Real”dan birini tanlashi kerak.

Judning ota –onasi futbolchining Angliyaga kelishini istayapti. Yarim himoyachining o‘zi “Real” variantiga moyillik bildiryapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!