
Bellingem kutilmagan jamoani tanladi
“Borussiya” sharafini himoya qilib kelayotgan Jud Bellingem yozda jamoasini o‘zgartirishi kutilmoqda.
Dortmundliklar o‘z futbolchisiga bir necha grandlardan taklif bo‘layotganini inobatga olib, uni qimmatroq narxga sotib yubormoqchi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Jud Bellingem “Liverpul”ga o‘tishga moyillik bildirmoqda. Taniqli jurnalist Pol Joysning ma’lum qilishicha, angliyalik yarim himoyachi Yurgen Klopp qo‘l ostida to‘p tepmoqchi. "Liverpul"ning kelasi mavsum Chempionlar ligasida ishtirok eta olmasligi ehtimoli ham tanlovga ta’sir qilmaydi.
Aslida 19 yoshli futbolchi “Real”ga o‘tishni istayotgandi. Madridliklar asosiy e’tiborini Kilian Mbappe va Erling Xoland kabi hujum chizig‘i vakillari transferini rejalashtirayotgani bois, Bellingemni olish fikridan qaytganini bildirgandi.
Bundan tashqari, Jud Bellingemning sobiq jamoadoshi Erling Xoland va terma jamoadagi sherigi Jek Grilish uni “Manchester Siti”ga o‘tishga ko‘ndirmoqchi. Lekin Bellingemning tanlovi boshqacha bo‘lib chiqmoqda.
Bu transfer “Liverpul”ga 150 million evro atrofida tushishi aytilmoqda.
Fikrlar