Bellingem uchun ikkita asosiy da’vogar klub qoldi

  • 21 yanvar, 2023, 07:00
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Faqat ikkita klub Bellingxem uchun jiddiy taklif bildirgan.
"Real" va "Liverpul" Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem uchun kurashni davom ettirmoqda.

Tecno

19 yoshli angliyalik futbolchiga da’vogarlar qatorida "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" ham nomlari ko‘rsatilgan edi, ammo ayni damda yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olish uchun eng yaxshi imkoniyatlar aynan "mersisaydliklar" va "qirollik klubi" dir, deya xabar beradi "Ski" eksperti Endi Brassel.
Ikkala klub ham o‘sib borayotgan superyulduz bilan allaqachon aloqada bo‘lgan, uning qiymati 100 million evrodan ko‘proq bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Jud Bellingemning Dortmundning "Borussiya" klubi bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!