Bellingem va Ryudiger janjal ko‘tardi

  • 15 aprel, 06:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasining chorak final birinchi uchrashuvida “Arsenal”ga yirik hisobda yutqazan “Real”da ichki muhit buzilgan ko‘rinadi.

Tecno

Madridliklar 16 aprelga belgilangan javob o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida kutilmagan holatga duch keldi. Ma’lum bo‘lishicha, mashg‘ulot chog‘ida ikki yulduz – Jud Bellingem va Antonio Ryudiger urishib qolgan.

Manbaga ko‘ra, janjal o‘yinchilarning mashg‘ulotda o‘zaro qo‘pol harakati oqibatida kelib chiqqan. Bir biriga jahl qilgan Jud va Antonio mushtlashib ketish darajasida janjallashgan.

Keyinchalik har ikki futbolchi o‘zini bosib olib, mojaroga barham berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!