Bellingem va Zidan "Real"ga maslahat berdi

  • 7 may, 2024, 14:11
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Real" yarim himoyachisi Jud Bellingem va jamoaning sobiq ustozi Zinedin Zidan "qirollik klubi" rahbariyatiga Jeydon Sancho bilan shartnoma imzolashni maslahat berishdi. Angliyalik futbolchining transfer huquqi "Manchester Yunayted"ga tegishli bo‘lib, ayni damda "Borussiya D"da ijara asosida o‘ynamoqda.

"Defensa Central" axborot portali xabariga ko‘ra, "qaymoqranglilar" prezidenti Florentino Peres Sanchoni sotib olish g‘oyasini ma’qullamayapti. Peres Sanchonnig "qizil iblislar" safida omadsizligi sabab uning salohiyatiga shubha qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Manchester Yunayted" Jeydonning "sariqlar" safidagi yorqin o‘yinlariga qaramasdan, yozda uni sotmoqchi. Bellingem avval Jeydon bilan "Borussiya"da birga harakat qilgan va hozirda  Angliya terma jamoasida birga o‘ynmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!