
Bellingemning ahvoli hammani shokka tushirdi
Angliya terma jamoasi Germaniya maydonlarida o‘tgan Evropa chempionatida finalga chiqqan bo‘lsa-da, futbolchilar namoyish etgan o‘yin ko‘p tanqidlarga sabab bo‘ldi.
“Real”dagi debyut mavsumidayoq jamoaning asosiy o‘yinchisiga aylangan va madridliklarning ichki chempionat va Chempionlar ligasida g‘olib chiqishiga hissa qo‘shgan Jud Bellingemning Angliya terma jamoasida hurmat qozona olmagani angliyalik muxlislarni shokka tushirdi.
- Evropa chempionatida ikkita gol va bitta assist muallifi bo‘lgan Jud Bellingem Angliya terma jamoasidagi jamoadoshlari orasida hurmatga ega emas, - deb yozdi The Athletic nashri.
Manbaga ko‘ra, terma jamoa o‘yinchilarini Judni etakchi sifatida tan olmaydi. Bellingemni o‘zi jamoada faqat Trent Aleksander-Arnold bilan yaxshi chiqishadi va boshqa birorta do‘sti yo‘q.
Bu bejiz emas, albatta. “Real” futbolchisining Angliya terma jamoasi o‘yinchilari bilan munosabati sovuqlashishiga reklama sababchi.
Mashhur Adidas brendining “Salom, Jud” nomli reklama roligida Bellingem terma jamoa xoloskori sifatida gavdalantirilgan. Judning qutqaruvchi rolida e’tirof etilgan boshqa o‘yinchilarga ma’qul kelmagan.
Fikrlar