
Ben Askren - Jek Pol jangi manzili hamda translyatsiya narxi ma’lum bo‘ldi
Hozirgi vaqtda profescional boksda nafaqat bokschilar balki boshqa soha vakillari ham ko‘rgazmali janglarda ishtirok etmoqda. Xususan, ana shunday mashhur "You Tube" blogerlardan biri Jek Pol 17 aprel kuni yana ringga ko‘tariladi. Unga MMA jangchisi, “Bellator” chempioni Ben Askren raqiblik qilishi haqida xabar bergan edik.
Jang manzili va pullik translyatsiya narxi ham e’lon qilindi. Unga ko‘ra, jang Atlanta shahridagi "Mersedes Benz" arenasida o‘tkaziladigan bo‘ldi. Translyatsiya narxi 49.9 dollar qilib belgilangan.
Jek Pol shu kunga qadar 2 bora ko‘rgazmali janglarda ishtirok etgan. Dastlab, u 2020 yil 30 yanvar kuni hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev bilan bir kechada boshqa bir bloger Enson Gibni mag‘lub etgan bo‘lsa, 24 noyabr kuni Mayk Tayson va Roy Jons jang kechasida mashhur basketbol yulduzi Neyt Robinsonni chuqur nokautga uchratgan edi.
Ben Askren esa mashhur MMA jangchisi bo‘lib sobiq “Bellator” jangchisi hisoblanadi. U UFC promoushenda ham uch marta jang o‘tkazib, ikkitasida imkoniyatni boy bergan. Askren bu safar ko‘rgazmali jangda o‘z omadini sinab ko‘radi.
Fikrlar