Ben Askren: Men uchun Xabib Nurmagomedov MMA tarixiga kirdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bellator hamda One promoushenlari yarim og‘ir vazn toifasida sobiq chempioni, xozirda esa UFCda faoliyat olib borayotgan Ben Askren promoushen tarixida eng kuchli jangchi kimligini aytib o‘tdi.

- 5 o‘rin - Mett Xyuz, ushbu jangchi oktagonda birinchi bo‘lib kurash texnikasini ishlatib g‘alaba qozongan.

4 o‘rin - Frenki Edgar, teykdaun va zarbalarni ajoyib tarzda qo‘llay oladigan jangchi.

3 o‘rin - Daniel Kormening zarbalari uning raqibiga maksimal darajada zarar etkazadi.

Fahrliy ikkinchi o‘ringa o‘zining teykdaunlari bilan mashhur bo‘lgan Jorj Sen-Per.

Mening reytingimda birinchi o‘rinni Xabib Nurmagomedov egallagan. Xabib birinchilardan bo‘lib kurashni MMAga ajoyib tarzda moslashtirishga muvaffaq bo‘ldidedi Askren promoushen rasmiy veb-saytiga bergan intervyusida.

Aytib o‘tish joizki, UFC 242 turniri BAAning Abu-Dabi shahrida 7 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Ushbu turnir kecha bahsida Xabib Nurmagomedov Dastin Porega qarshi oktagonga ko‘tariladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!