Bendtner murabbiy bo‘lmoqchi

  • 11.04.2020 19:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Arsenal” klubining daniyalik sobiq hujumchisi Niklas Bendtner o‘z kuchini murabbiylikda sinab ko‘rmoqchi.

“Menga mos keladigan rollardan biri bu murabbiylikdir. Men o‘quv kurslariga borib, kerakli litsenziyani olishni maqsad qilyapman”, - deydi Bendtner.

32 yoshli Bendtner faoliyati davomida "Arsenal", "Yuventus" va "Volfsburg" klublarida to‘p surgan. Uning so‘nggi jamoasi esa "Kopengagen" bo‘ldi. Hozir u erkin agent hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!