“Benfika” prezidenti: “Darvin Nunes uchun 100 million taklif qilishganda, kulib yubordik”

  • 25 oktabr, 15:51
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Benfika” prezidenti Ruy Koshta Darvin Nunesning “Liverpul”ga transferi jarayonida yuz bergan kulgili voqeani eslab o‘tdi.

Tecno

“‘Liverpul’' bizning futbolchimizga qiziqish bildirganini eshitganimizda, 40–45 million evro atrofida taklif kutgan edik. Darvin yaxshi mavsum o‘tkazgan edi. Ammo ikki kundan so‘ng faks orqali mersisaydliklar 80 million evro va bonuslar bilan rasmiy taklif yubordi. Zalda hamma kulib yubordi.

Men yordamchimga 100 million evro va qo‘shimcha bonuslar bilan javob yuborishni buyurdim. Ertagasi ular aynan shunday 100 million evroli yangi taklif bilan chiqishdi. Dunyo aqldan ozgan, bizning yoshlar jamoamizda Darvindan ham yaxshi hujumchilar bor edi. Shunda yordamchimga shampan ochishni buyurdim”, — dedi klub rahbari.

Ma’lumot uchun, urugvaylik forvard hozirda Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasi safida to‘p surmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!