
Benistesni APLga qaytarishmoqchi
Rafael Benites yangi mavsumdan Angliya chempionatida faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Eurosport jurnalisti Manu Lonxonning xabariga ko‘ra, "Nyukasl"ning yangi rahbariyati ispaniyalik mutaxassisni jamoaga qaytarish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Ayni vaqtda Benites Xitoyning "Dalyan" klubida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik 2016/19 yillar mobaynida "qora-oqlar"ni boshqargan, uning iste’fosidan so‘ng esa jamoani Stiv Bryus qabul qilib olgan edi.
Joriy mavsumda "Nyukasl" APL turnir jadvalida 13 o‘rinini egallab turibdi.
Fikrlar