
Benzema fikrida qat’iy turibdi
“Al-Ittihod” hujumchisi Karim Benzema qishki transferlar oynasi yopilmay turib, Saudiya Arabistonini tark etmoqchi.
ESPN jurnalistlarining ma’lum qilishicha, frantsiyalik forvardga jamoa bosh murabbiyi Marselo Galyardo uni mashg‘ulotlardan chetlatgani yoqmagan.
Manbaga ko‘ra, 36 yoshli to‘purar faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishga moyillik bildiryapti. Avval u o‘zini tarbiyalagan “Lion”ga qaytish niyati borligini ta’kidlagan edi.
“Al-Ittihod” va Saudiya Arabistoni professional ligasi rahbariyati Karim Benzemaning ketishiga yo‘l qo‘ymoqchi emas.
Benzema o‘tgan yoz “Al-Ittihod” safiga qo‘shilganidan beri 24 ta o‘yinda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 15 marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga beshta golli pas uzatdi.
Fikrlar