
Benzema "Real" afsonasini ortda qoldirdi
"Real" hujumchisi Karim Benzema Chempionlar ligasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazish borasida klub tarixidagi eng yaxshi 4-natijani qayd etdi. Bu haqda Opta statistik portali xabar bermoqda.
Kecha EChLning 1/4 finalidan o‘rin olgan "Liverpul"ga (3:1) qarshi bahs 33 yoshli frantsuz uchun ushbu musobaqadagi 108-o‘yin bo‘ldi. Karim bu borada “Qirollik klubi”ning afsonaviy himoyachisi Roberto Karlosni (107) ortda qoldirdi. “Real” tarixida EChLda eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar Serxio Ramos (128), Raul (130) va Iker Kasilyas (150) hisoblanadi.
Benzema joriy mavsum "Real" safida 34 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu o‘yinlarda o‘z hisobiga 24 ta gol hamda 6 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
“Real” La Ligada 63 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. Madridliklarning “Liverpul”ga qarshi javob o‘yini 14 aprel kuni “Enfild”da bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar