
Benzema "Real"ni tark etishi mumkin
Madridning "Real" klubi hujumchisi Karim Benzema tez orada Ispaniya poytaxtini tark etishi mumkin. 35 yoshli futbolchi faoliyatini o‘z uyi - Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Todofichajes" nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, "Lion" tajribali to‘purarga qiziqish bildirmoqda. Benzema ushbu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2006-2009 yillarda "to‘quvchi"larning asosiy jamoasida o‘ynagan, shundan so‘ng "qirollik" klubiga o‘tgan. Karim va "Real" o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi.
"Real" Madrid allaqachon o‘z hujumchisiga o‘rinbosar qidirishni boshlagan. Romelu Lukuku va Kilian Mbappe "qaymoqranglilar" ro‘yxatidan joy oldi.
Fikrlar