Benzema Saudiyaga kelganining haqiqiy sababini aytdi. Bu futbol bilan bog‘liq emas!

  • 09.06.2023 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Karim Benzemaning kutilmaganda “Real”ni tark etib, Saudiya Arabistoniga yo‘l olgani katta shov-shuvlarni keltirib chiqardi.

Frantsiyalik futbolchi Osiyoning bu ligasini tanlaganining asl sababi borligini oshkor qildi.

- Men musulmonman va Saudiya Arabistoni musulmon davlat. Har doim bu erda yashashni orzu qilganman, - dedi  Karim Benzema.

34 yoshli hujumchi Saudiya Arabistoni chempionligini qo‘lga kiritgan “Al-Ittihod” bilan shartnoma imzoladi.

Bungacha 14 mavsum “Real”da to‘p tepgan Benzema madridliklar safida 647 ta uchrashuvda 353 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!