Benzema va "Al-Ittihod" ustozi o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi

  • 23 avgust, 2023, 21:18
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Karim Benzemaning "Al-Ittihod" bosh murabbiyi bilan munosabati yaxshi emas. 

"Asharq Al-Awsat" nashri xabariga ko‘ra, o‘tgan mavsumdan beri klubga murabbiy qilib kelayotgan Nunu Eshpiritu Santu bilan rahbariyatgi hujumchi o‘zining o‘yin uslubiga to‘g‘ri kelmasligini tushuntirgan. 

Bundan tashqari, Karim Saudiya grandiga o‘tgach, sardorlik bog‘ichini olishni kutgandi, ammo bu amalga oshmadi. Ushbu omillar bir bo‘lib, murabbiy va futbolchi o‘rtasida ziddiyatni keltirib chiqargan. Frantsuz ayni dam jamoada o‘zini noqulay his qilmoqda va Nunu o‘zini noprofessional tutyapti, deb hisoblaydi. 

Benzema "Al-Ittihod" safida 6 o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifiga aylangan. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!